
Iqtidorni uyg'otamiz, sahnaga olib chiqamiz va kelajak yulduzlarini tarbiyalaymiz - klassik balet, milliy va zamonaviy raqs bo'yicha professional ta'lim.
Har bir o'quvchi professional bilim va shaxsiy rivojlanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Tajribali pedagoglar nazoratida bosqichma-bosqich sifatli darslar o'tkaziladi.
Ta'limMalakali xoreograflar va murabbiylar har bir bolaga hamroh bo'ladi.
JamoaIndividual yondashuv orqali har bir o'quvchining qobiliyati rivojlantiriladi.
RivojlanishTanlov va festivallarda muntazam ishtirok, yuqori natijalar.
NatijalarQulay yashash, o'qish va mashg'ulotlar uchun to'liq sharoit yaratilgan.
InternatIlhomlantiruvchi, xavfsiz va sog'lom ijodiy atmosfera.
MuhitMuassasamiz yosh iqtidorlarni aniqlash va ularni har tomonlama rivojlantirishga ixtisoslashgan. Har bir o'quvchi xoreografiya, klassik hamda milliy raqs bo'yicha professional bilim oladi.
Bizning asosiy maqsadimiz nafaqat mahoratli raqqoslarni, balki keng dunyoqarashga ega, madaniyatli va mas'uliyatli yosh avlodni tarbiyalashdir.
Mashg'ulotlar, chiqishlar va bayramlar - barchasi bitta joyda.






Oddiy va tushunarli qabul jarayoni - siz uchun hamyonbop tarzda.
Hujjatlar to'plamini qabul bo'limiga topshiring va ro'yxatdan o'ting.
Ritm sezgisi, harakat koordinatsiyasi va jismoniy holat baholanadi.
Saralash yakuniga ko'ra qabul qilinganlar ro'yxati e'lon qilinadi.
O'quvchi guruhga biriktiriladi va ta'lim jarayoni start oladi.
Maktabimiz boshlang'ich yoshdagi o'quvchilarni qabul qiladi. Qabul yoshi bolaning jismoniy va psixologik tayyorgarligiga qarab belgilanadi.
Tug'ilganlik guvohnomasi, tibbiy ma'lumotnoma, 3x4 fotosurat hamda zarur ta'lim hujjatlari talab etiladi. To'liq ro'yxat Qabul sahifasida berilgan.
Ha, o'quvchilar umumta'lim fanlari bo'yicha ham to'liq va sifatli bilim oladilar.
Klassik balet, milliy va zamonaviy raqs yo'nalishlari o'qitiladi. Har biri bo'yicha batafsil ma'lumot Yo'nalishlar sahifasida.