
Klassik balet, milliy raqs va zamonaviy xoreografiya - har bir yo'nalish bo'yicha bosqichma-bosqich professional dastur.
Klassik
Klassik balet - raqs san'atining poydevori. O'quvchilar pozitsiyalar, barre mashqlari, arabesklar va sahna harakati texnikasini puxta o'zlashtiradilar. Bu yo'nalish nafislik, intizom va chidamlilikni tarbiyalaydi.
Milliy
Boy va serjilo milliy xoreografiya - xalqimiz madaniyatining ko'zgusi. O'quvchilar Buxoro, Farg'ona va Xorazm uslublari, qo'l harakatlari va musiqaga mos ijro etish sir-asrorlarini o'rganadilar.
Zamonaviy
Zamonaviy xoreografiya o'quvchilarga o'z his-tuyg'ularini erkin ifodalash, improvizatsiya va yangi zamonaviy uslublar bilan tanishish imkonini beradi. Ritm, koordinatsiya va aktyorlik mahorati rivojlantiriladi.